Sirdaryo va Toshkent viloyati hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan barcha xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar diqqatiga!

26.03.2021 16:47:00

Sirdaryo va Toshkent viloyati hududlarida faoliyat koʻrsatayotgan barcha xizmat koʻrsatuvchi korxona va tashkilotlar diqqatiga!

“Sirdaryo IES” aksiyadorlik jamiyati Sirdaryo viloyati Shirin shahar Farxod MFYda joylashgan 1,2-yotoqxona va mexmonxonalarni autsorsing asosida foydalanishga berish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.
Takliflarni qabul qilish vaqti: 27.03.2021-yildan 10.04.2021-yilgacha.
Tanlov ishtirokchilarining takliflari tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonda koʻrsatilgan manzil boʻyicha muhrlangan konvertlarda taqdim etiladi (tanlovda ishtirok etish toʻgʻrisidagi ariza tashqi konvert ustiga yelimlanadi).
Takliflar qabul qilish joyi: Shirin shahar, Energetiklar koʻchasi, 7 uy.
Xizmat koʻrsatish joyi: Sirdaryo viloyati Shirin shahar Farxod MFYda.
Asosiy shartlar: Tanlovda qatnashuvchi korxona va tashkilotlarning guvohnoma va Nizomi, mehmonxona va yotoqhona xizmatini koʻrsatish boʻyicha alohida koʻrsatilgan boʻlishi, avval ham autsorsing xizmati boʻyicha muassasalarda faoliyat olib borgan malakali boʻlishi shart.
Koʻshimcha shartlar:
- Sirdaryo IES aksiyadorlik jamiyati tomonidan ajratilgan yotoqxona va mexmonxona binosi uchun belgilangan ijara shartnomasini tasdiqlash.
- Bir kunlik yotoqxona va mexmonxona toʻlovlarini
Sirdaryo IES aksiyadorlik jamiyati bilan kelishilgan xolda belgilanishini taminlash.
Tanlov natijalarini eʼlon qilish vaqti: 11.04.2021-yilda
Murojaat uchun tel: 67-764-59-43. faks 67-764-51-30.
Elektron manzil: info@sdtes.uz












Ro`yxatga qaytish